Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Guliston" mahallasida 3 kilometrga yaqin ichki yoʼllar asfalьt qilinmoqda
2023-03-10 09:49:18 743
Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, "Guliston" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi ichki yoʼllarning 2800 metr qismi asfalt qilinishi belgilangan. Hozirda yoʼllarni asfalьtlashtirish ishlari "Fargʼona koʼpriklardan foydalanish" unitar korxonasi ishchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar uchun qaror asosida 5 mlrd. 200 mln. soʼm mablagʼ ajratilgan.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati