Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq sakson toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi
2023-03-10 09:46:23 748
Bugungi sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishini xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʼrib chiqildi:
Fargʼona shahar Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi tomonidan 2022 yilda amalga oshirgan hamda 2023 yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar, kutilayotgan natijalar haqida (Maʼruzachi: Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi boshligʼi Jahongir Baxtiyorov)
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha tuman(shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish boʼyicha namunaviy kontseptsiyani tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 450-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida (Fargʼona shahar Mahallabay ishlash va kambagʼalchilikni qisqartish markazi boshligʼi Gʼiyosbek Xaydarov)
2022 yil davomida “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi hisobidan ajratilgan mablagʼlar haqida (Maʼruzachi: Saxovat va koʼmak jamgʼarmasi bosh hisobchisi Kamrlaxon Yusupova)
Shuningdek, sessiya kun tartibida Fargʼona shahar hokimining 2023 yil 26 yanvardagi 43-11-169-Q23-sonli va 2023 yil 1 mart kungi 84-11-169-Q23-sonli qarorlarini tasdiqlash, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari tomonidan sektor rahbarlari nomiga hamda sayyor qabullarda fuqarolardan moddiy yordam soʼrab tushgan murojaatlar uchun “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasidan mablagʼ ajratish hamda Fargʼona shahar davlat soliq inspektsiyasi depozitiga foydalanish uchun mablagʼ oʼtkazish masalalari ham koʼrib chiqildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʼng qaror loyihalari deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati