Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLАR MUАMMOLАRI HАL ETILMOQDА
2023-02-22 10:38:01 281
Bugun Yoshlar ishlari agentligi Fargʼona shahar boʼlimi boshligʼi Аhadjon Аkramov tomonidan yoshlarning murojaatlari boʼyicha navbatdagi qabul oʼtkazildi.
Qabul davomida 20 nafarga yaqin yoshlar oʼzlarini qiynab kelayotgan muammolar, tadbirkorlik tashabbuslari va oʼzini oʼzi band qilish masalalari boʼyicha murojaat qildilar.
Jumladan, subsidiya asosidatoʼlov kontrakti toʼlovi, davolanish, turar-joy ijarasi uchun koʼmaklashish, mehnat qurollari va asbob-uskunalar olish hamda moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha amaliy yordam koʼrsatish kabi murojaatlar koʼrib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarni oʼrganish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati