Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mahalla ahlining murojaati ijobiy hal etilib, yangi transformator oʼrnatildi
2023-02-15 22:08:46 286
Sayyor qabullar va mahalla fuqarolar yinlaridagi oʼrganishlar davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bildirilgan muammolar, murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida Fargʼona shahar hokimligida tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilgan. Murojaatlarni ijobiy hal etilishi shaxsan shahar hokimi tomonidan nazorat qilinmoqda.
"Shodlik" mahalla fuqarolar yigʼinidagi aholi vakillari tomonidan elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida amaliy yordam soʼrab qilingan murojaat ham ijobiy hal etildi. Bugun Qoʼrgʼontagi koʼchasida joylashgan, taʼmirga muhtoj boʼlgan transformatorni yangi va katta quvvatga ega boʼlganiga almashtirildi.
Murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilib, ijobiy hal etilganligidan mahalla ahli hursand boʼlishdi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati