Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sektor rahbarlari tomonidan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar oʼrganilmoqda
2022-12-23 09:22:30 520
Joriy yilning 14 dekabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Gʼ.Mirzaev raisligida viloyat xokimligida oʼtkazilgan “Beshariq tumanida aholi muammolari va ijtimoiy iqtisodiy masalalarni oʼrganishda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishchi guruhining 49-sonli yigʼilish bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Fargʼona shahar "Yormozor" mahalla fuqarolar yigʼinida 3-sektor rahbari Аnvarjon Mirzaev tomonidan ishchi guruh tuzilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi murojaatlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar oʼrganilmoqda.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda. Oʼrganish davomida koʼchalarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, aholiga sifatli elektr taʼminoti, tabiiy gaz va ichimlik suvini yetkazish boʼyicha ham zaruriy vazifalar bajarilmoqda.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati