Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahar hokimi tibbiyot muassasalarida fuqarolarga yaratilgan qulayliklarni oʼrganmoqda
2022-12-21 14:32:49 418
Аyni daqiqalarda Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonalarda soha mutaxassislari hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrganmoqda.
Shahar hokimi tibbiyot birlashmasi Muxiddin Shokirov hamrohligida 2-shifoxonaga tashrif buyurdi. Shifoxonadagi issiqlik tizimi oʼrganildi.
Shuningdek, bemorlar bilan suhbatlashildi. Davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan dori-darmonlarning bemorlarga ajratilayotganligiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shifoxonada sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish hamda bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish boʼyicha masʼullarga koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati