Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahrimizdagi tijorat banklari xodimlari tomonidan ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi
2022-12-01 21:41:32 354
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida shahrimizdagi barcha mehnat jamoalari faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, iqtisodiy sohalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ham tashabbus koʼrsatishdi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Fargʼona shahar "Ipak yoʼli" mahalla fuqarolar yigʼini Fayz koʼchasidagi "Yormozor ixlos" fermer xoʼjaligiga qarashli 1.5 gektar yer maydoni tijorat banklari tomonidan bogʼ yaratilmoqda.
Bugun shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Boburjon Moʼminov rahbarligida iqsodiy kompleks mutaxassislari va tijorat banklari boshliqlari hamda xodimlari tomonidan 500 tup mevali va 500 tupga yaqin manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati