Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RАSMIY MUNOSАBАT
2022-11-21 20:36:10 283
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʼona shahridagi Fargʼona koʼchasida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan oʼrganildi.
Fargʼona koʼchasining Islom Karimov nomidagi katta halqa yoʼlidan boshlangan qismidan Qirguli mavzesigacha boʼlgan masofasida 2014 yilda qurilish ishlari olib borilgan. Аyni kunlarda shu masofadagi bardyurlar olinib, shaharsozlik talablariga mos boʼlgan quyma bardyurlar va koʼcha chiroqlari oʼrnatilishi belgilangan.
Bardyurlar "Fargʼona koʼpriklardan foydalanish" UK ishchilari tomonidan koʼchirilib, belgilangan shahar koʼchalariga oʼrnatiladi. 72 ta yoritgich ustunlari esa shahar obodonlashtirish boshqarmasining koʼcha chiroqlari boʼlimi ishchilari tomonidan olinib, zarur boʼlgan markaziy koʼchalarga oʼrnatilishi belgilangan. Mazkur ishlar shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.
Аmalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham qoʼshimcha maʼlumotlar berilishini maʼlum qilamiz.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati