Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahrida aholi dam olish imkoniyatlari hamda ichki turizm koʼlami kengaytiriladi
2022-11-19 20:47:24 482
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Fargʼona shahrining Qirguli mavzesida boʼlib, “Doʼstlik uyi”dan (sobiq Madaniyat saroyi) Fargʼona neftni qayta ishlash zavodigacha boʼlgan oraliqdagi xiyobonni obodonlashtirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat rahbari shuningdek, Qirguli sport-baliqchilik xoʼjaligi sifatida foydalanib kelinayotgan koʼlni zamonaviy turistik xizmatlar bilan boyitilgan choʼmilish va dam olish zonasiga aylantirish, Surhtepa MFY hududidagi xonadonlardagi soʼrilardan iborat dam olish joylarini umumiy kontseptsiyaga birlashtirib, mahallada ichki turizm uchun sharoitlarni yaxshilash masalalarini joyida muhokama qildi.