Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahridagi boshqaruv kompaniya rahbarlari ilmiy seminarda ishtirok etishdi
2022-11-19 20:35:43 288
Maʼlumki, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishda kommunal sohaning oʼrni juda katta. Bu holat tarmoq faoliyatini toʼgʼri tashkil etish va uning samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Uy-joy kommunal xoʼjaligi aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Toshkent Аrxitektura-qurilish universitetida "Boshqaruv tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish va maqbul iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish" yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, professor-oʼqituvchilar bilan bir qatorda sohada yetarli tajribaga ega boʼlgan boshqaruv kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Respublika darajasida oʼtkazilgan seminarda Fargʼona shahrida faoliyat olib borayotgan "Kommunal qurilish taʼmir", Obod Tarona", "Saffort konsunsus kommunal" hamda "Max bunyodkor" boshqaruv kompaniyalari rahbarlari bugungi kundagi faoliyatlari, mavjud muammolar va ularning samarali yechimi yuzasidan oʼz fikr-mulohazalarini bildirib oʼtdilar.