Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada viloyatimizdagi milliy madaniy markazlarni oʼzida jamlagan “Doʼstlik uyi” foydalanishga topshirildi
2022-11-19 20:13:49 241
Bugun Fargʼona shahri Qirguli mavzesida “Doʼstlik uyi”ning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, mutasaddi rahbarlar, viloyatdagi nemis, slavyan, yahudiy, tatar, qirgʼiz, koreys, tojik, turk milliy madaniy markazlari hamda viloyat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʼz olganlar millatlararo hamdoʼstlik, totuvlik va bagʼrikenglikni mustahkamlash - Davlatimiz rahbari boshchiliklarida olib borilayotgan odilona siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ekanini taʼkidlab, Prezidentimiz tashabbuslari bilan milliy madaniy markazlarga, ularni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlashga alohida eʼtibor koʼrsatilayotgani, bugun foydalanishga topshirilgan Doʼstlik uyi ham ushbu yuksak eʼtiborning namunasi ekanini qayd etdilar.