Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada Bosh vazir oʼrinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida “Oqila ayollar” harakati faollari oldida turgan vazifalar kelishib olindi
2022-11-04 23:33:54 281
Bugun Fargʼona shahrida Bosh vazir oʼrinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi va shahar-tuman boʼlimlari rahbarlari, ularning qoshida tashkil etilgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari ishtirok etdilar.
Joriy yilning 1 mart kuni davlatimiz rahbarlari tomonidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida joylarda obroʼ-eʼtiborli, katta tajribaga ega faollardan iborat «Oqila ayollar» harakatini tashkil etish gʼoyasi ilgari surilgan edi. Bugungi tadbirda ushbu tashabbus jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratishda, ezgu gʼoyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas anʼanalarni jamiyatga singdirishda, xotin-qizlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashda muhim qadam boʼlganligi qayd etildi.