Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jinoyatchilikning oldini olish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
2022-10-13 19:25:11 301
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 5 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʼgʼrisidagi axboroti haqida”gi SQ-596-IV-son Qaroriga muvofiq oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida sodir etilayotgan har bir ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlarni taxlil qilish, qayd etilgan jinoyatlarni yuzaga keltirayotgan sabab va shart-sharoitlarni oʼrganish, ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kiritilgan edi. Shahrimizdagi Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutining faollar zalida oʼtkazilgan yigʼilishda ana shunday masalalar amaliy misollar bilan muhokama etildi.
Oʼtkazilgan yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi raisi Qutbiddin Burxanov, qoʼmita raisi oʼrinbosari Tolibjon Madumarov, viloyat hokimi oʼrinbosari Fayzullo Qosimovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek yigʼilishda viloyat prokuraturasi, ichki ishlari, mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash, Oʼzbekiston yoshlar ishlari agentligi Fargʼona viloyati boshqarmasi rahbariyati va vakillari, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlari, shahar sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashdilar.
Yigʼilishda shaharda jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etildi. Ushbu yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham koʼrsatib oʼtildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati