Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Аbdulla Qodiriy" mavzeida oʼtkazilgan sayyor qabulda yigirmaga yaqin fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi
2022-10-12 22:23:14 292
Fargʼona shahar hokimligi tomonidan 1-sektor hududidagi 28-maktabda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʼtkazildi. Unda shahar hokimining oʼrinbosarlari va masalaga dahldor boʼlgan korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 80 nafarga yaqin fuqarolardan tushgan murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. Yigirmaga yaqin murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Murojaatlarni joyida oʼrganib chiqish va natijasi boʼyicha fuqaroga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʼlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati