Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahridagi "Bek ota" fermer xoʼjaligida 50 turdagi kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
2022-09-27 16:19:40 334
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi oʼrganishlari davomida Ipak yoʼli MFY hududida joylashgan “Bek ota” fermer xoʼjaligida boʼlib, goʼshtni qayta ishlash, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
500 ming yevrodan ziyod mablagʼ yoʼnaltirish hisobiga amalga oshirilgan ushbu loyiha, 40 dan ortiq doimiy ish oʼrni yaratilishiga omil boʼldi.
Fermer xoʼjaligi rahbari Аlisher Аxunovning maʼlum qilishicha, xoʼjalikda 42,5 gektar ekin maydoni, 2,6 gektar mevali bogʼlar mavjud. 300 boshga yaqin qoramol boqilmoqda. Kolbasa mahsulotlari ham fermer xoʼjaligida yetishtirilgan qoramol goʼshtlaridan tayyorlanadi.
Germaniya texnologiyasi bilan jihozlangan sexda 50 turdagi kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazilmoqda.