Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yoshlar yetakchisi tavsiyasiga koʼra olingan imtiyozli kredit evaziga oʼquv markazi ochildi
2022-09-27 16:06:26 315
Tadbirkor Gavharoy Аvazovaga mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 765-sonli qarori asosida "Yosh tadbirkorlar komissiyasi" tomonidan loyihani amalga oshirish uchun 270 mln. soʼm imtiyozli mablagʼ ajratilgan edi.
Shahar markazidagi "Bahor" mahallasida qurilgan koʼp qavatli uyning podval qismi taʼmirlandi, oʼquv kurslarini oʼtish boʼyicha jihozlandi. "Progress" oʼquv markazida chet tillari, huquq, mental arifmetika va kompьyuter kurslari tashkil etildi.
Oʼquv markazining ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi rahbari Maqsudjon Sulaymonov, shahar boʼlinmasi rahbari Аzizbek Soyibnazarov, hamkor tashkilotlarlar rahbarlari hamda oʼquvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida oʼquv markazining ochilishida amaliy yordam koʼrsatgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʼrganishni ommalashtirish agentligi Fargʼona viloyati hududiy vakilligi rahbari Аzizaxon Rahmatova, IT-Park Fargʼona filiali direktori Bahromjon Djalilov va "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʼarmasining viloyat boʼlimi boshligʼi Nabisher Sulaymonovlar hamda bank mutaxassislari, mahalla xodimlariga tashkilotchilarning esdalik sovgʼalari topshirildi.
Shundan soʼng, mehmonlar oʼquv markazida taʼlim oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.