Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Monomarkaz" bitiruvchilari tikuvchilik korxonalariga tashrif buyurishdi

×

 2022-09-27 16:03:06    299

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi barcha mahallalardagi ishsiz xotin-qizlarning yirik tikuvchilik sexlari bilan tanishtirish tadbirlari yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, bugun "Monomarkaz"ning tikuvchilik yoʼnalishini tamomlayotgan 50 nafarga yaqin xotin-qizlar ham "CONSTANT TRADING" qoʼshma korxonasi, "Union group" va “BS Textile” MChJlardagi ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 


Tadbir davomida viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshligʼi, mutaxassislari, Fargʼona shahar aholi bandligiga koʼmaklashish markazi rahbari tomonidan qonunchiligimizda belgilangan tartiblar hamda imtiyozlar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.


Markaz bitiruvchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar hamda tushunchalar berildi. Korxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda oylik maoshlari maʼqul boʼlgan oʼn nafardan ortiq xotin-qizlar shartnoma imzolash istagini bildirdilar.