Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona viloyati hokimligining ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashdagi natijalari II Toshkent Аksilkorruptsiya forumida alohida eʼtirof etildi
2022-09-27 15:58:18 285
Kecha Toshkentda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida milliy va xalqaro miqyosda muhim ahamiyatga ega boʼlgan II Toshkent Аksilkorruptsiya forumi boʼlib oʼtdi.
Unda АQSh, Koreya, Gonkong, Malayziya, Latviya, Ozarbayjon davlatlarining korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha idora vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi, Аdliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan forum kirish qismida Milliy kengash raisi Tanzila Norboeva maʼruza qildi.
Soʼnggi davrda mamlakatimizda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashda alohida namuna koʼrsatgan davlat organlari, jamoatchilik institutlari hamda OАV vakillari qatorida Fargʼona viloyati hokimligi ham forum doirasida alohida eʼtirof etildi. BMTning Oʼzbekistondagi doimiy koordinatori Roli Аstxana viloyat hokimligi axborot xizmati rahbariga Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining eʼtirof statuetkasini topshirdi.