Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahridagi tekstil korxonalari qoshida oʼquv jarayonlarini amaliyot bilan bogʼlagan holda kasb-hunarga oʼqitish kurslari tashkil etiladi

×

 2022-09-21 19:21:36    321

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona shahridagi “BS Textile” MChJ korxonasida boʼldi. 2021 yil aprelь oyida tadbirkor Ikromjon Vohidov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu korxonada bugungi kunda 750 nafarga yaqin ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Yillik 7 ming 200 tonna paxta tolasini qayta ishlab, ip-kalava, xom trikotaj mahsuloti hamda tayyor kiyimlar ishlab chiqarayotgan korxonada joriy yilning oʼtgan sakkiz oyida qariyb 500 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu oʼtgan 2021 yilga nisbatan 3 barobar koʼpdir. 

Hozirda korxonada qiymati 5 million dollar boʼlgan maxsus ustki kiyim-bosh ishlab chiqarish, shuningdek, matoga gul bosish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi koʼzda tutilgan ushbu liniyada qoʼshimcha 500 ta ish oʼrni yaratiladi.