Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona va Margʼilon shaharlarini bogʼlovchi yoʼl oʼtkazgich 1 noyabrga qadar foydalanishga topshiriladi
2022-09-21 19:19:55 301
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʼona va Margʼilon shaharlarini bogʼlovchi yoʼl oʼtkazgichda amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlarini koʼzdan kechirdi.
1976 yilda qurilgan, uzunligi 165 metr, eni piyodalar yoʼlagi bilan jami 24 metr boʼlgan ushbu yoʼl oʼtkazgichda hozirga qadar taʼmirlash ishlari amalga oshirilmagan.
Yoʼl oʼtkazgichni oraliq qurilmalari (balkalari) va chetki toʼsiqlari, yoritish ustunlari yaroqsiz holatga kelganligi sababli, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi yigʼilish bayoniga asosan Fargʼona va Margʼilon shaharlarini bogʼlovchi 4R-140a “Fargʼona shahriga” avtomobilь yoʼlining 5 kmdagi yoʼl oʼtkazgichni toʼla taʼmirlash obʼekti 2022 yil taʼmirlash ishlari dasturiga kiritilgan.