Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xotin-qizlar faollari faoliyatini takomillashtirish boʼyicha amaliy seminar oʼtkazildi
2022-09-12 17:32:40 374
Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tatbirlari toʼgʼrisida”gi PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʼyicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining 99-bandi ijrosini taʼminlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida barcha shahar va tumanlarda har bir mahalladagi xotin-qizlar faollarini hamkor tashkilot rahbarlarini jalb qilgan holda oʼzaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 Farmonini va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-sonli qarori yuzasidan oʼquv seminarlar tashkil etish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Fargʼona shahridagi barcha mahalla fuqarolar yigʼinlaridagi xotin-qizlar faollari uchun oʼquv seminari tashkil etildi. Oʼquv seminarida xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat targʼibot guruhi rahbari S.Аlimova, Diniy ishlar boʼyicha boshqarma bosh mutaxassisi D.Gʼofurova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʼlimi raxbari А.Soyibnazarov, shahar bosh otinoyisi M.Аhmadalieva, 70 nafar faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Oʼquv seminarni S.Аlimova ochib, xotin-qizlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni muvofiqlashtirish boʼyicha targʼibot guruhlari faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida koʼrsatmalar berdi. Guruhlarning maqsad va yoʼnalishlari, guruhlarni tashkil etish tartibi, ularga qoʼyilgan vazifalar haqida gapirdi. D.Gʼofurova xotin-qizlarga diniy masalalar berish boʼyicha demokratik tamoyillarni yodda tutish, vijdon erkinligi va boshqa diniy masalalar boʼyicha maʼruzalar oʼqidi.
M.Аhmadalieva xotin-qizlarga diniy taʼlim berish masalalari, qonuniy va noqonuniy diniy taʼlim toʼgʼrisida tushuntirishlar berib oʼtdi. Seminarda faollar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.