Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼonada ilk bor toʼxtab turgan yurakda aorta klapanini protezlash jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi
2022-09-08 10:31:17 321
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʼona filialida ilk bor toʼxtab turgan yurakda aorta klapanini protezlash jarrohlik amaliyoti oʼtkazildi.
Yurak klapanlari yaxshi ishlamasligi natijasida bemorning nafas qisishi, charchoq, koʼkrak qafasidagi ogʼriqlar va yurak yetishmovchiligi bezovta qilgan. Poytaxtdan kelgan malakali kardioxirurglar va fargʼonalik shifokorlar ushbu asoratlarni bartaraf etish, bemorni sogʼlom hayotga qaytarish maqsadida ilk bor toʼxtab turgan yurakda aorta klapanini protezlash jarrohlik amaliyotini oʼtkazdi.