Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlar shahrimizdagi boʼsh ish oʼrinlarini taklif qilayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

×

 2022-08-19 17:25:33    434

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda joriy etilgan "Аyollar daftari" orqali xotin-qizlardagi muammolarning yechimi topilmoqda. Shahrimizda ham mazkur daftarga 5975 nafar xotin-qizlar kiritilgan boʼlib, ularning 746 nafarlari ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlardir.


Kuni kecha Oila va xotin-qizlar boʼlimi tomonidan 1-sektor hududidagi 20 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida yil boshida “Аyollar daftari”ga kiritilgan 123 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarni ish bilan band qilish maqsadida sanoat korxonalari hamda tikuvchilik sexlariga olib borildi.


Shahrimizdagi "Gofra Mahsulotlari", "Uniongroup Fer Tex" va "Yagona stil" MChJlariga tashrif buyurgan ishsiz ayollar korxonalarning ish tartibi, faoliyati, imkoniyatlari bilan tanishtirildi.


Hozirda mazkur korxonalarda ishlash istagini bildirgan xotin-qizlar bilan mehnat shartnomalari tuzilmoqda.