Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Аholi murojaatlari oʼz yechimini topmoqda
2022-08-17 14:59:56 355
Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boshqarmasi boshligʼi А.Madaminov boshchiligida Fargʼona shahridagi koʼp kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda "Koʼp xonadonli uylarni va issiqlik taʼminoti obʼektlarini qurish boʼyicha injiniring kompaniyasi" DUK, Koʼp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi, shaharda faoliyat olib boruvchi boshqaruv tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
20 nafarga yaqin aholining murojaati qabul qilinib, ularning aksariyatini ijobiy hal etish uchun joyida masʼullar belgilandi va qatʼiy topshiriqlar berildi. Vaqt va joyiga chiqqan holda oʼrganish lozim boʼlgan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.