Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʻona shahrida turkiyalik investor tomonidan 700 ish oʻringa ega boʻladigan tekstil fabrikasini ochish rejalashtirildi
2022-07-23 02:04:42 399
Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov “Sivas by teks” LTD rahbari Birkent Metin bilan tekstil sohasiga investitsiya kiritish borasida muzokara olib bordi.
Suhbat davomida turkiyalik investor Fargʻona shahriga 7 million AQSh dollarlik investitsiya kiritmoqchi ekanligini hamda 700 ta yangi ish oʻrinli tekstil fabrikasi tashkil etish niyatida ekanligini bildirib oʻtdi.
Muzokara davomida xorijiy investor ishlab chiqaradigan mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish masalasiga toʻxtalib oʻtar ekan, tovarlarning jahon standartiga javob berishini inobatga olib, fabrikaga tikuvchilik sohasida Turkiyaning eng ilgʻor mutaxassislarini jalb etmoqchiligini taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida qurilish ishlarini avgust oyiga boshlanishi rejalashtirilayotgani hamda 3 oy ichida fabrikaning toʻliq ishga tushirilishi uchun barcha sharoitlar mavjudligi taʼkidlandi.