Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
2022-07-22 14:55:45 393
Jinoyatchilik va uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida “Payshanba – profilaktika kuni” deb eʼlon qilingan. Shu munosabati bilan sektor rahbarlari tomonidan Fargʻona politexnika institutida yigʻilish oʻtkazildi. Unda mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda jamoatchilik nazorati muhim ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shaharda iyul oyining oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatchilik tahlil qilindi. Targʻibot va tashviqot tadbirlarining oʻtkazilishi, profilaktika inspektorlarining faoliyatlari tanqidiy muhokama qilindi.
Mahalla xodimlari va profilaktika inspektorlariga targʻibot tadbirlarini olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.