Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BITIRUVChI YoShLAR BILAN NAVBATDAGI UChRAShUV INSTITUTDA OʻTKAZILDI
2022-07-18 09:58:22 367
Fargʻona Politexnika institutida oʻtkazilgan uchrashuvda 300 nafarga yaqin bitiruvchilar ishtirok etishdi. Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Uchrashuvda institut, texnikumlar, kasb-hunar va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari ishtirok etishdi. Yoshlarning oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari hamda taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha bergan savollariga mutaxassislar tomonidan yoʻnalishlar berildi.
“Yoshlar daftari”da roʻyxatda turadigan yoshlarining toʻlov kontrakt mablagʻining 50 foizi toʻlab berilishi, shuningdek, oliy taʼlim talabasi boʻla olmagan yoshlarni kafolat xati asosida bandligini taʼminlash borasida tizimli ishlar olib borilishi boʻyicha ham tadbir ishtirokchilariga tegishli tushunchalar berildi.