Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2022-07-06 11:54:36 396
Bugungi sessiyada shahar hokim oʻrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va korxona rahbarlari taklif etildi.
Sessiya kun tartibidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi «Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 145-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahrida «Ayollar daftari» roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-moddiy ahvolini inobatga olib «Ayollar daftari» jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida"gi masala yuzasdan shahar hokimi oʻrinbosari- oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Dilshodaxon Xolmatovaning axboroti eshitildi.
Shundan soʻng, Fargʻona shahar «Besh bola» MFYda ichimlik suvi qudugʻi qazish bilan bogʻliq xarajatlar uchun Fargʻona shahar mahalliy byudjetining 2022 yil 2-chorak yakuni boʻyicha daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan 150.0 (bir yuz ellik) million soʻm mablagʻni Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ajratish toʻgʻrisidaga masala ham koʻrib chiqildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining muhokama, taklif va mulohazalaridan soʻng tegishli qarorlar qabul qilindi.