Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasida "Til - millat ruhidir" mavzusida seminar bo'lib o'tdi
2022-07-06 11:49:54 480
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son hamda 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi hamda "Davlat tili haqida"gi Qonun qabul qilingan kunning 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasida ofitser va serjantlar, xizmatchi xodimlar ishtirokida "Qadring baland bo'lsin, ona-tilim" shiori ostida "Til - millat ruhidir" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda Farg'ona viloyati hokimining davlat tilini rivojlantirish masalasi bo'yicha maslahatchisi S.Tongotarova, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining davlat tilini rivojlantirish masalasi bo'yicha maslahatchisi U.Mamadaliyev, Farg'ona shahar hokimining davlat tilini rivojlantirish masalasi bo'yicha maslahatchisi F.Mamajonovlar qatnashdilar.