Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Konstitutsiya islohotlariga bagʻishlangan muhokama boʻlib oʻtdi
2022-07-01 19:57:33 398
Viloyat axborot-kutubxona markazida konstitutsiyaviy islohotlarga bagʻishlangan muhokama oʻtkazildi. Unda AK markazi hamda viloyat AOKB xodimlari qatnashdi.
Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Jabborov Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvidagi maʼruzasida ilgari surilgan fikrlar, konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshichalar kiritish ehtiyoji, Qonun loyihasini umumxalq muhokamasiga taqdim etishgacha boʻlgan jarayonlar, konstitutsiyaviy islohotlarning targʻiboti borasida batafsil gapirib oʻtdi.
Deputat viloyat hududida aholi bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlarga toʻxtalib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga xalqimiz befarq emasligi, Qonun loyihasi boʻyicha faol munosabat bildirayotganini taʼkidladi.
Viloyat AKM rahbari H.Shermatova, viloyat AOKB boshligʻi (v.v.b.) B.Omonzoda konstitutsiyaviy islohotlar boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirishib, bu boradagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish, OAVning masʼuliyatini oshirish lozimligini taʼkidladilar.