Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasida masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
2022-06-27 09:55:56 416
Jinoyatchilik va uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan shahar hokimi Vosiljon Nazarov va sektor rahbarlari tomonidan ichki ishlar boʻlimida yigʻilish oʻtkazildi. Unda mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Shahar hokimi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda jamoatchilik nazorati muhim ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shaharda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatchilik tahlil qilindi. Targʻibot va tashviqot tadbirlarining oʻtkazilishi, profilaktika inspektorlarining faoliyatlari tanqidiy muhokama qilindi.
Mahalla xodimlari va profilaktika inspektorlariga targʻibot tadbirlarini olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.