Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Navbatdagi sayyor qabul 4-sektor hududida oʻtkazildi.
2022-06-16 12:49:36 901
Bugun Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan "A.Navoiy" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 4-maktabda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Unda hokim oʻrinbosarlari, 4-sektor rahbari Quyoshbek Bekmirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi Fargʻona shahar boʻlimi mudiri Gʻayratjon Pattayevlar ham ishtirok etishdi.
Qabul davomida 60 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlar, masʼul rahbarlar ishtirokida oʻrganildi. Yigirmadan ortiq murojaatlar ijobiy hal qilindi.
Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va natijasi boʻyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, korxona, tashkilot va boʻlimlarga tegishli topshiriqlar berildi.