Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sodir etilgan jinoyatlar mahallalarda tanqidiy muhokama qilindi
2022-06-13 09:48:20 360
Jinoyatchilik va uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan shahar hokimi Vosiljon Nazarov 1-sektor hududidagi "Al-Xorazmiy" va "Besh bola" mahalla fuqarolar yigʻinlarida yigʻilish oʻtkazdi. Unda mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari ham aholi vakillari ishtirok etishdi.
Shahar hokimi tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda jamoatchilik nazorati muhim ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirlarda mahalla fuqarolar yigʻinlarida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida sodir etilgan jinoyatchilik va qonun buzilishlar tahlil qilindi. Targʻibot va tashviqot tadbirlarining oʻtkazilishi, jamoatchilik nazorati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar esa tanqidiy muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, takliflar qabul qilindi.
Mahalla xodimlari va profilaktika inspektorlariga targʻibot tadbirlarini olib borish boʻyicha topshiriqlar berildi. Tadbir soʻngida turli jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish va kelgusidagi vazifalar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.