Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashining oltmish birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2022-06-13 09:42:44 453
Sessiyaga shahardagi sektor rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari taklif etildi. Sessiya ishini shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
????Fargʻona shahrida yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida - Fargʻona shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari Sayfutdinov Shaxbozbek Zilolidinovichni hisoboti.
????Hududlarda jamoat tartibini saqlash va xavsizligini taminlash huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar haqida - Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi Otajonov Sanjar Toʻlqinjonovichning hisoboti.
????“Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish haqida - Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi deputati, Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzosi Erkaboyev Hayotjon Akramovichning axboroti.
????“2022 yil 1-chorak yakunlari boʻyicha shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalarini bajarilishi haqida - Fargʻona shahar moliya boʻlimi boshligʻi Inoyatov Shuhratjon Toʻlanbayevichning hisoboti eshitildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʻng qaror loyihalari deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.