Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ma’lumotlar qanchalik aniq bo‘lsa, natijasi samarali bo‘ladi
2022-06-02 12:28:34 418
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 710- sonli qarori bilan mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini samarali o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishning mezonlari belgilab berilgan.
Aholini ro‘yxatga olish keng qamrovli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladigan tadbir hisoblangani bois, mazkur qaror bilan ushbu 3 bosqichda amalga oshiriladigan jarayonda (tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish) bir qator mas’ul davlat idoralarining vazifalari ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatga olish ishlari bevosita mahallalar kesimida tashkil etiladi. Mahalla, ko‘cha, xonadon va u erda yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik aniq va to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ishlarining natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Shu boisdan tayyorgarlik ishlarining aksariyatini bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda olib borish belgilangan.
Xususan, aholini ro‘yxatga olishga taraddud ko‘rish mobaynida statistika idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan hakorlikda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olib, aholi punktlarida yashovchi (doimiy ro‘yxatda turgan) aholi sonini ko‘rsatgan holda, aholi punktlarining to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlash, har bir mahallada mavjud ko‘chalarning nomlari, uylar va kvartiralarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kabi muhim ishlar kiritilgan.