Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-12-28 16:36:05    845

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg’ona shahridagi Oqsuv ko’chasi 9-MFY “Obod qishloq”mi?" degan sarlavha ostida maqola tarqaldi.

Ushbu maqola yuzasidan Farg’ona shahar hokimligi quydagilarni ma'lum qiladi:

Tanqid ostiga olingan Farg’ona shahridagi Farg’ona MFY Oqsuv ko’chasi 2021 yilgi “Obod mahalla” dasturiga kiritilmagan.

Bu hudud Farg’ona shahrining besh yillik strategiyasi dasturi doirasida 2023 yilgi davlat dasturiga muvofiq obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Shuni alohida takidlab o’tish joyizki, 2021 yilda Farg’ona shahar hududidagi Yormozor va Oqariqobod mahalla fuqarolar yig’inlari“Obod mahalla” dasturiga kritilgan.

“Obod mahalla” dasturi doirasida Yormozor va Oqariqobod mahalla fuqarolar yig’inlarida jami 10,2 mlrd.so’mlik, shundan respublika byudjetidan 3,4 mlrd.so’m, mahalliy byudjetdan 4,4 mlrd.so’m, tarmoq korxonalar mablag’laridan 449,8 mln.so’m, tashabbuskor tadbirkorlar va aholi mablag’lari xisobidan 2011,0 mln.so’m mablag’lar sarflanishi rejalashtirilib, to’liq o’zlashtirilishi ta'minlandi. Jumladan,

Gaz ta'minoti bo’yicha 3,8 km tabiiy gaz tarmoqlarini hamda 44 ta gaz taqsimlash punktlarini ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan bo’lib amalda, gaz taqsimlash punktlarini

100 % va 9,6 km tabiiy gaz tarmoqlarini ta'mirlash ishlari 253% bajarildi.

Elektr ta'minoti bo’yicha 2 km tarmoq qurish ishlari rejalashtirilgan bo’lsa, amalda 2,7 km tarmoq qurish (135%) va 2 dona (100 %) tranfomator punktini o’rnatish ishlari bajarildi. Shuningdek, xomiylik va xashar yo’li bilan 27 ta temir beton tayanchlarni o’rnatilib, 0,320 km elektr tarmoqlari tortildi.

Aloqa va axborotlashtirish tizimini yaxshilash bo’yicha “Obod mahalla” dasturi doirasida rejaga asosan Yormozor MFYga 1 ta bazaviy stantsiya qurildi. Ushbu mahallada yashovchi aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmog’i bilan ta'minlash maqsadida 13,4 km optik tolali aloqa tarmog’i tortilib, 346 abonetlar ulanishi ta'minlandi.

Ichimlik va oqova suv tarmoqlari bo’yicha 11 km ichimlik suvi hamda Yormozor MFYda 15,5 km oqova tarmog’i tortish ishlari to’liq yakunlandi.

Tungi yoritish tizimlari bo’yicha Yormozor va Oqariqobod mahalla hududlariga jami 80 ta tungi yoritish chiroqlari o’rnatish belgilanib, amalda 155 ta o’rnatilib, ortig’i bilan bajarildi. 

Obodonlashtirish ishlari bo’yicha, 5,9 km ariqlar tozalandi, 495 dona daraxtlarini butash va oqlash ishlari hamda 950 dona manzarali daraxtlar ekish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 35 200 kv.metr maydonlar tozalanib, 485 tn maishiy va qurilish chiqindilar olib chiqib tashlandi.

Yakka tartibda uy joylarni ta'mirlash bo’yicha 472 ta xovli uy joylarni ta'mirlash, 2 ta bolalar maydonchasini barpo etish ishlari olib borilib, 2 km ichki irrigatsiya tarmoqlarini tiklash va 5,45 km qismini ta'mirlash ishlari bajarildi

Ichki yo’llar bo’yicha 9,3 km ichki yo’llarni ta'mirlash ishlari rejalashtirib, xozirgi kunda, 9,9 km (106 %) qismi ta'mirlandi.

Shuningdek, 3 km hamda piyodalar va velosiped yo’laklari tashkil etildi.

Ijtimoiy soha ob'ektlari bo’yicha Dastur doirasida 2 ta (39 va 38-sonli) umumta'lim maktablarini rekonstruktsiya qilish, Oqariqobod maxalla fuqarolar yig’inida 2-sonli oilaviy poliklinika filialini qurish, shuningdek, davlat xususiy sherikchilik asosida 2 ta mahalla binosi, 2 ta mahalla go’zari va 2 ta madaniyat markazlari tashkil etildi.

Qo’shimcha ravishda “Obod mahalla” dasturidan tashqari I.Buxoriy ko’chasida xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish hamda 2-sonli oilaviy poliklinika Yormozor hududiy bo’limini ta'mirlash, Al-Farg’oniy ko’chasida yengil tipdan iborat tikuvchilik tsexi qurilish ishlari amalga oshirildi.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram