Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH
2021-12-06 17:03:12 607
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti binosida Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati tashabbusi bilan institut o’qituvchi va talabalari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Farg’ona viloyat sudi raisining o’rinbosari A.Madaminov, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyalari F.Amanov, M.Ummatova, B.Mamadaliyev, I.Tursunov va M.Umarov, jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona shahar sudining sudyasi K.Raximov, Farg’ona harbiy prokurorining o’rinbosari O.Shermatov, harbiy prokurorning katta yordamchisi Sh.Nuriddinov hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Harbiy akademiyasi, tibbiy xizmat polkovnigi I.Usmanovlar ishtirok etishdi.
Tadbir boshida Farg’ona jamoat salomatligi o’quv ishlari bo’yicha prorektori M.Botirov so’zga chiqib, ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan batafsil tanishtirib, ma'ruza uchun so’zni dastlab viloyat sudi raisining o’rinbosari A.Madaminovga berdi.
A.Madaminov so’zga chiqib, "Korruptsiya - taraqqiyotga tahdid" mavzusida ishtirokchilarga ma'ruza qilib, unda
2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingani, qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini, korruptsiya tushunchasiga ta'rif berib, unga ko’ra korruptsiya - shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi tushunilishini, shuningdek qonun bilan korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, ularning vakolatlari haqida tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.
Shundan so’ng, so’zga viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyalari M.Ummatova va F.Amanovlar chiqib, "Zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz" hamda "Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati" mavzulari, shuningdek sohaga oid qator masalalar yuzasidan institut o’qituvchilari va talabalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida videorolik va slaydlardan foydalanildi.
Tadbir so’ngida Farg’ona harbiy prokurorining o’rinbosari O.Shermatov va boshqalar so’zga chiqib, "Korruptsiya-taraqqiyotga tahdid" mavzusiga qo’shimcha fikrlar va amaliyotdan misollar keltirib, korruptsiya va uning salbiy oqibatlari, korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir so’ngida institut talabalari tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan mazmunli javoblar berildi. Mazkur ma'naviy va ma'rifiy tadbir ishtirokchilar o’rtasida bahs va munozaralarga boy tarzda o’tkazildi.
Mavludaxon Ummatova
Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyasi