Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL SAMARASI
2021-09-12 13:33:10 805
Farg’ona viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilov tomonidan hududlarda aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yo’lga qo’yish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida joylarga chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo’yicha uchrashuvlar davom etmoqda.
Yaqinda Farg’ona shahar, “To’qimachilar” istirohat bog’ida ommaviy sayyor qabul o’tkazilib, unda shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev va barcha sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda 70 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Ommaviy qabulda jami 35 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, ulardan 16 tasi joyida qanoatlantirildi.
Xususan, fuqaro M.Raxmonovaning ishga kirishda amaliy yordam ko’rsatish haqidagi murojaati shu kunni o’zida ko’rib chiqilib, u mutaxassisligi bo’yicha 21-sonli umumta'lim maktabiga tarix fani o’qituvchisi vazifasiga qabul qilindi.
Fuqaro M.Yoqubovaning guruh nogironi bo’lgan turmush o’rtog’i I.Yoqubovga nogironlar arvachasi so’rab qilgan murojaati joyida qanoatlantirilib, qabul davomida unga nogironlar aravachasi topshirildi.
Bundan tashqari, shaharning Jo’ydam MFYda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 nafar fuqaro M.Nazirova va X.Yusupovalarning murojaati asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligini hisobga olib, ularga turar-joyi ta'mirlanishida amaliy yordam ko’rsatilishi belgilab olindi.