Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“UZSALAMAN” NAVBATDAGI YANGI LOYIHANI ISHGA TUSHIRISH ARAFASIDA

×

 2021-09-07 12:31:27    826

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan chora-tadbirlar aniq maqsadlarga qaratilgani bugun hayotimizning har bir jabhasida o’z isbotini topib, yuksak samarasini bermoqda.

Buni birgina tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar misolida ham ko’rish mumkin.

Farg’ona shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “Uzsalaman” Aktsiyadorlik jamiyati poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxona hisoblanadi.

Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi “Uzsalaman” korxonasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 21 fevral kungi 60-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi aholisining yuqori sifatli poyabzalga bo’lgan ehtiyojini qondirish, importdan keltiriladigan poyabzal o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish masalalarini hal qilish, charm-poyabzal tarmog’ining texnik darajasini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilning iyun oyida Farg’ona viloyatiga qilgan tashrifida "Uzsalaman" korxonasi faoliyatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha topshiriqlar berdi.

Qabul qilingan manzilli dastur asosida, ta'sischilar tomonidan korxonani rivojlantirish uchun 5 million dollar miqdorida qo’shimcha investitsiya jalb kilish rejalashtirildi.


2019 yilning iyun oyida Farg’ona shahridagi Uzsalaman O’zbekiston – Germaniya erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonasi yangidan modernizatsiya qilingan holda o’z faoliyatini boshladi. 

 Ushbu korxona 35 xil turdagi poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashtirilgan bo’lib, ustav fondi miqdori esa 1 632 680 301,72 so’mni tashkil etadi. Ayni paytda korxonada 168 nafar ishchilar faoliyat olib bormoqda.

Poyabzal ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo mahsulotlaridan foydalanilmoqda. Tayyor mahsulotlar ichki bozorni ta'minlash bilan birga, chet davlatlariga ham eksportga jo’natilmoqda.

Tadbirkor viloyat va shahar hokimlari ko’magida yaqin kunlarda poyabzal ishlab chiqarishga mo’ljallangan navbatdagi yangi loyihani ishga tushirish arafasida. Yangi ishlab chiqarish tsexi tashkil etilishi va umumiy qiymati 60,0 ming dollarlik 100 ta yangi tikuv mashinalari Xitoy davlatidan olib kelinishi rejalashtirilgan.

Yangidan modernizatsiya qilingan va faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan korxonada ishlash istagini bildirgan farg’onalik yoshlar ish bilan ta'minlanadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram