Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL BO`LIB O`TDI
2021-08-12 12:26:36 877
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Farg'ona shahar hokimi va sektor rahbarlari b‘irgalikda 3 maktabda sayyor qabul o'tkazishdi
Bu safargi sayyor qabulda 90 nafar fuqaro tomonidan 105 ta masalani oʻrtaga tashlandi. Ushbu murojaatlardan 58 tasi joyida hal etildi. 14 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi. 18 tasi masalani hal etish uchun oʻrganish jarayonida.
Qabul jarayonlari 20:30 gacha davom etdi. Hokim va sektor rahbarlari har bir murojaatni jiddiy koʻrib chiqishdi.