Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-07-30 15:32:52 671
Fuqaro M. Umarovaning ijtimoiy tarmoqlardagi murojaati bo’yicha Farg’ona shahar hokimligining xo’jalik hisobidagi uy-joy bo’limi fuqaro yashab turgan joyga borib o’rgandi.
O’rganish jarayonida fuqaroga tushuntirildiki, fuqarolar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarga hokimiyat aralashish vakolatiga ega emasligi, qolaversa, shaxsiy mulk daxlsizligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgani eslatib o’tildi. Shu sababli hokimiyat boshqa bir shahsga tegishli uyni shunchaki olib qo’yib, biror bir shahsga berish huquqiga ega emas. Lekin murojaat qiluvchi o’zaro boshqa bir fuqaro bilan kelishuv asosida uyini almashtirsa, bu jarayonda hokimlikning xo’jalik hisobidagi uy-joy bo’limi tomonidan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz uyni o’z nomlariga qayta hujjatlashtirish ishlarida yordam berilishi mumkinligi suhbat davomida fuqaroga aytib o’tildi.
Shu o’rinda ta'kidlash kerak, hozirgi kunda ushbu fuqaroga davlat tomonidan har oyda 376 ming so’m moddiy yordam berib kelinmoqda. “Bobur” MFY raisi Abduholiq Akramov aytishiga ko’ra fuqaroga hokimyat va mahalla tomonidan muntazam yordam ko’rsatib kelinmoqda.