Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR MAHALLIY BYUDJETI TO’G’RISIDA

×

 2021-07-16 18:00:10    841

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar mahalliy byudjetining 2021 yil boshiga qolgan erkin qoldiq mablag’lari 1282.0 mln. so’m miqdorida shakllangan.

Mazkur shakllangan qo’shimcha manbalar hisobidan birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlashga, hukumat qaror va bayonlarida ko’zda tutilgan dasturlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga yo’naltirildi.

shundan:

- Shahar hokimligi binosini mukammal ta'mirlash xarajatlari uchun 300.0 mln.so’m;

- Farg’ona shahrining markaziy ko’cha va xiyobonlarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash uchun 600.0 mln.so’m,

- shahar hokimligi va moliya bo’limi xodimlarini ish samaradorligi va mas'uliyatini oshirish, moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ular o’rtasida korrupsiyaviy muxitni shakllanishini oldini olish maqsadida

188.0 mln.so’m;

- Kengash kotibiyatini moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash xarajatlari uchun 31.0 mln.so’m; 

- MFYlarni kommunal to’lovlardan bo’lgan kreditor qarzdorligini qoplash uchun 22.5 mln.so’m;

Xuddi shuningdek, 2021 yilning 6 oyi davomida shahar hokimining tegishli farmoyishlariga bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki ob'ektlarini va yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5552-sonli farmoyishining 9-bandiga asosan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga, shuningdek, davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo’yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o’rnini qoplashga jami 2025.0 mln.so’m mablag’ yo’naltirildi.

Shundan:

- "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam berish uchun

100.0 mln.so’m;

- shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan bog’liq xarajatlar uchun 225.0 mln.so’m;

 - Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 5-sonli OP Oqariq bo’linmasini joriy ta'mirlash uchun 240.0 mln.so’m;

- "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan va kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida fuqarolarni yashab turgan uylarini ta'mirlash xarajatlari va moddiy yordam uchun

300.0 mln.so’m;

- shaharning markaziy ko’cha, xiyobonlar va piyodalar yo’laklarini muntazam ravishda tozalab turish, yig’ilgan chiqindilarni uzluksiz olish uchun Farg’ona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga avtotransport vositalarini yoqilg’i mahsulotlari bilan ta'minlash xarajatlari  uchun

250.0 mln.so’m;

- “Shodiyona” mahallasi va aholi murojaatlariga ko’ra, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish hamda xonadonlarga yer osti orqali tortilayotgan elektr tarmoqlarini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar uchun 220.0 mln.so’m;

- Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan turar va noturar joylar buzilganligi sababli to’lanishi belgilangan kompensatsiya to’lovlarini to’lash uchun 690.0 mln.so’m;

 

Farg’ona shahar mahalliy byudjetining 2021 yil I-chorak daromadlar rejasini ortiq bajarilgan qismi hisobidan birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlashga, hukumat qaror va bayonlarida ko’zda tutilgan dasturlar hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga jami 5634.0 mln.so’m yo’naltirildi.

shundan:

- “Ayollar daftari” jamg’armasiga 500,0 mln.so’m;

- “Yoshlar daftari” jamg’armasiga 500.0 mln.so’m;

- Aholi tomonidan eng ko’p ma'qullangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 605.0 mln.so’m;

- Farg’ona shahrida “Mahallabay, xonadonbay, ko’chabay” yurib hududlarni obodonlashtirish, aholi tomonidan kelib tushayotgan muammolarni hal etish maqsadida, shahardagi “Gulzor” MFY xududida veloyo’lak va yugurish uchun yo’laklar tashkil etish va ta'mirlash hamda shahar infratuzilmasini yaxshilash, ichki xo’jalik yo’llarini ta'mirlash bilan bog’liq xarajatlar uchun 600.0 mln.so’m;

- Farg’ona shahridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari roli va mavqeini yanada oshirish, mustaqilligi hamda vakolatlarining amaliy samaradorligini ta'minlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun yuqori tezlikdagi internet tarmog’i va aloqa liniyasidan foydalanish uchun oylik (3 oy uchun) to’lovlarga hamda xodimlarning mehnatini munosib rag’batlantirish maqsadida mebel jixozlari bilan ta'minlash uchun 176.5 mln.so’m;

- Farg’ona shahrining qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni yo’qlama (inventarizatsiya)dan o’tkazish hamda natijalari asosida yerlardan samarali va oqilona foydalanish bo’yicha bajarilgan ishlardan bo’lgan qarzdorlikni qisman qoplash uchun 93.5 mln.so’m;

- Farg’ona shahar Davlat soliq inspektsiyasi xodimlari ish samaradorligi va mas'uliyatini oshirish, xodimlarni moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida inspektsiyaning moddiy-texnika ba'zasini mustahkamlash uchun 100.0 mln.so’m;

- shahar hokimligi, Kengash kotibiyati hamda shahar Moliya bo’limi hodimlariga mart, aprel, may oylari uchun bir oylik lavozim maoshi (qo’shimchalar bilan birga) miqdorida qo’shimcha ustama haq to’lash uchun

501,7 mln.so’m;

- Farg’ona shahrining markaziy ko’chalari, hiyobonlar va chorrahalariga ekilgan manzarali daraxtlar hamda Farg’ona shahrida “Yangi yil” uchun bayramini nishonlashda shaharning markaziy ko’chalarini rangli chiroqlar bilan bezash (dyuralayt lampalar, qor parchalari, dojdik va xakazo) bilan bog’liq xarajatlardan bo’lgan qarzdorliklarni qoplash uchun

820.0 mln.so’m;

- Farg’ona shahar “Al-Farg’oniy” va “Saylgox” ko’chalari kesishmasida qo’cha osma chiroqlari o’rnatish, A.Navoiy, Farg’ona shahrining markaziy ko’cha, xiyobonlar va piyodalar yo’laklarini muntazam ravishda tozalab turish, yig’ilgan chiqindilarni uzliksiz olish uchun Obodonlashtirish boshqarmasining avtotransport vositalarini yoqilg’i mahsulotlari bilan ta'minlash xarajatlariga, A.Navoiy va Quvasoy ko’chalarida amalga oshirilgan (yonuvchi bezak gullar, dyuralayt chiroqlar va plafonlar o’rnatish, tarsherlarni buyoqlash ishlari va hakazo) ishlar va xizmatlar uchun jami

374,0 mln.so’m;

- Shahar hokimligi balansidagi xizmat uylarini ta'mirlash bilan bog’liq xarajatlar uchun 250,0 mln.so’m;

- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashrifiga tayyorgarlik ko’rish doirasida amalga oshirilgan xarajatlardan bo’lgan qarzdorliklarga, favqulotda vaziyatlarda va shunga o’xshash kechiktirib bo’lmaydigan choralar ko’rilishi talab etiladigan xarajatlar uchun 1079.3 mln.so’m; 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5072 sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish va “Fuqarolar tashabussi jamg’armasi” mablag’larining shakllantirilshi hamda bu borada olib borilayotgan ishlar xususida qisqacha to’xtalib o’tsam.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi “Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3917 qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu qarorning 6 bandida tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari qo’shimcha manbalaridan kamida 10 foizining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilishi belgilangan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil

13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5072 sonli qarorga asosan 2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo’shimcha mablag’larining eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizga oshirish belgilangan.

Maxalliy byudjetning qo’shimcha manbaalarini 10 foizi mikdorini ya'ni, shahar hokimining 29,03,2021 y 68-F-sonli farmoyishi bilan (erkin qoldiq) 128,2 mln.so’m, 12,04,2021 yil 99-F-sonli farmoyishi bilan (daromadlarni ortikcha bajarilgan qismi) 605,0 mln.so’m xamda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 13,04,2021 y PK-5072-sonli qaroriga asosan mahalliy byudjetning 5 foizi miqdori ya'ni 10394,0 mln.so’m ajratilgan bo’lib, ushbu mablaglar shaxar xokimligida “Fukarolar tashabbusi jamg’armasi”maxsus 4017..... shaxsiy g’azna xisob varag’i ochilib, mablaglar ushbu xisob rakamiga o’tkazilgan.

“Ochiq byudjet” portalining yangi talqini ishga tushushi munosabati bilan, “Fuqarolar tashabusi” jamg’armasi mablarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirish bo’yicha takliflar qabul qilish, ularni saralash hamda ovozga qo’yish bo’yicha yangi tartib amalga kiritildi.

Amaldagi yangi tartibga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni saralab olish va ularni moliyalashtirish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.

1 bosqich, Takliflarni qabul qilish;

2 bosqich, Takliflarni ko’rib chiqish;

3 bosqich, Ovoz berish;

4 bosqich, G’olibni tashlash;

Bugungi kunda, mazkur tartiblarga asosan 1 bosqich boshlangan va jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” portali orqali takliflar berish boshlangan.

Hozirda, “Ochiq byudjet” portalida viloyat bo’yicha fuqarolardan ichimlik suvi, yo’l qurilishi, ta'lim va tibbiyot muasssasalarini ta'mirlash, obodonlashtirish hamda bollalar o’yingohi qurish kabi muammolar yechimi yuzasidan 17 tadan oshiq takliflar kelib tushdi.

Misol uchun,

1.                          Farg’ona shahar fuqarosi Nurxon To’ychiyeva tomonidan Farg’ona shahar Registon ko’chasida joylashgan ko’p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish hamda velo yo’laklar tashkil etish bo’yicha 950,0 mln.so’mlik taklif berilgan.

So’zim yakunida “Ochiq byudjet” portali hamda u orqali fuqarolar o’zini qiynayotgan umumiy muamolar yechimi yuzasidan takliflar berish mumkinligi bo’yicha tashviqot ishlari olib borilayotganligini hamda deputatlarimizdan ushbu jarayonda faol qatnashishilaringizni so’rab qolaman.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram