Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHRIDA SEKTOR RAHBARLARI ISHTIROKIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI
2021-06-23 22:09:08 925
Farg’ona shahrida sektor rahbarlari ishtirokida bir guruh jurnalist va blogerlar bilan Prezidentimizning Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va “Farg’ona viloyatida yangi “o’sish nuqta” larini shakllantirish, hududni mahallabay kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish va mavjud muammolarni hal etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumani avval Shodiyona mahallasida o’tgan qisqa vaqt ichidagi ulkan islohotlar, ko’p kvartirali uylarda yashovchi fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Press-tur doirasida Farg’ona shahar hokimi M.Ubaydullayev Shodiyona mahalla fuqarolari yig’inining yangi foydalanishga topshirilgan binosi, mazkur hududdagi 16 ta ko’p kvartirali uylarni zamonaviy arxitektura talablari asosida mukammal ta'mirdan chiqarilganligi, shuningdek mahalla aholisining uzoq yillar qiynab kelgan elektr, gaz, ichki yo’llar, ko’p kvartirali uylarga tutash hududlar obodonchiligi bo’yicha beqiyos o’zgarishlar haqida jurnalist va blogerlarlarga qiziqarli ma'lumotlar berdi.
Shuningdek OAV vakillari Farg’ona shaxridagi zamonaviy yangi kurilgan Meridian Diagnostic shifoxonasiga tashrif buyurishdi. Ushbu shifoxonada bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish bilan birga, ko’z kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy ilg’or usullari qo’llanilishi barchada katta qizig’ish uyg’otdi.
Shundan so’ng Yoshlar ittifoki binosida matbuot anjumani boshlandi. Matbuot anjumanida jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan shaharda jinoyatchilikning oldini olish, mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, aholi murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham savol va takliflar bildirildi. Mazkur savollarga sektor rahbarlari tomonidan javob berilib bildirilgan takliflar inobatga olindi.
Mehmonlar qizg’in savol-javoblarga boy tarzda o’tgan matbuot anjumani doirasida olgan taasurotlari va munosabatlarini bildirib o’tdilar.