Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMLIGI XUZURIDAGI IJTIMOIY KO’NIKMA MARKAZI TOMONIDAN QILINAYOTGAN ISHLAR DIQQATGA SAZOVORDIR
2021-05-11 14:23:43 882
Markaz tomonidan hozirgi kunda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarni ro’yxatga olishlarida, fuqarolik pasport olishlarida, ishga joylanishlarida, tibbiy ko’rikdan o’tishlarida, yashash joyini tayini bo’lmagan shaxslarni vaqtinchalik yotoqxona bilan ta'minlanishlarida va moddiy yordam olishlarida ushbu shaxslarga yaqindan amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda.
2021 yilning 30 aprel kuniga qadar jazoni ijro etish muassasalaridan 41 nafar shaxslar ozod etilgan bo’lib, Farg’ona shahar hokimligi xuzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziga murojaat etib to’liq xujjatlar asosida ro’yxatga olingan.
Murojaat etgan har bir fuqaro bilan markazda alohida suxbatlar o’tkazmoqda. Fuqarolarga tibbiy ko’rikdan o’tishlari, ishga joylanishlari uchun tegishli muassasalarga yo’llanmalar berilmoqda.
Shahar bandlikka ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda 35 nafar fuqarolarni kvotalangan bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashtirildi.
Ushbu ozod etilgan 41 nafar shaxslarga Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 31 iyuldagi 318-F sonli Farmoyishiga asosan pasport olishlari, oziq-ovqat maxsulotlari, kiyim-kechak sotib olishlari, transport xarajatlari va zarur bo’lgan buyumlarni olishlari uchun maxsus komissiya qaroriga asosan 51.940.500 so’m miqdorida moddiy yordam mablag’lari bilan to’liq ta'minlandi.
Jazo muddatini o’tab ozod etilgan fuqarolarning barchasi fuqarolik pasporti bilan ta'minlandi. Ushbu fuqarolarni xozirgi kunda ijtimoiy ko’nikmasini ta'minlanishi borasida markaz xodimlari tomonidan fuqarolarni yashash joylariga borib kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda monitoring o’tkazilib borilmoqda va fuqarolarga joylardagi MFYlar tomonidan jamoatchi murabbiylar tayinlanib borilmoqda.