Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

YOSH VA HAVASKOR FERMER ISHCHI O’RNI YARATMOQCHI

×

 2021-05-11 13:52:42    887

PDF yuklash
Chop etish


Quyonchilik serdaromad sohalardan biriga aylanmoqda. Go’shti va terisi xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan shug’ullanmoqchi bo’lganlar uchun ayni muddao.

– Faoliyatimni 16 yoshimda boshlaganman, – deydi Farg’ona shahridagi Mash'al mahalla fuqarolar yig’ini hududiga qarashli Mustaqillik ko’chasida istiqomat qiluvchi Gulmira Abdullayeva. – Hozir 18 yoshdaman. Quyonchilik bilan shug’ullanishni boshlaganimga endigina 2 yil bo’lgan bo’lsada, sohaning bir qancha sir-asrorlarini mukammal o’rganishga erishdim. Albatta, bu borada mutaxassislardan maslahat oldim va eng asosiysi ko’p kitob o’qidim. Quyon boqishga bo’lgan qiziqishimga qo’shnim sabab bo’lgan. Undagi quyon boqishga bo’lgan shijoat, menda xavas uyg’otgan. Dastlab 2 bosh quyon boqqanman. Keyinchalik ularning sonini 1000 (ming boshgacha) ko’paytirdim. Afsus to’satdan ota-onam betob bo’lib qolganligi uchun ularni sotishimga to’g’ri kelgan. Shunday bo’lsada, hozir yana 50 bosh quyon parvarish qilayapman. Oilamizda 3 kishi doimiy ish bilan band.

Yosh bo’lsada o’ziga yarasha tajribaga ega Gulmiraning kuyonlarni parvarishi uchun o’zi istiqomat qilayotgan umumiy foydalanishdagi xonadondanning kichik bir qismida faoliyat yuritayotgani tashabbus va harakat dadil bo’lsa, maqsad joy tanlamasligiga ishonch xosil qildik.

Kuyonlarning "Velikan", "Plandir", "Gigant" zotlarini parvarishlayotgan Gulmiraning deyarli bo’sh vaqti yo’q. Jonivorlar boquvga uncha injiq bo’lmasada, ularga muntazam qarov kerak bo’ladi.

"Bir kunda 5 mahal sabzi, beda, arpa, bug’doy beraman. Vaqtida profilaktika qilib turilsa, turli kasalliklarga chalinmaydi. Yo’qsa o’latga chalinishi, shamollab qolishi mumkin. Shuningdek, ular ichketarga tez chalinishadi, qorni shishib ketadi, tajribamda bu kasalliklarni quyonlarimda ko’rganman" – deydi Gulmira vaqt o’tgani sayin malakasi oshayotgani haqida so’zlab.

Ikkita erkak va urg’ochi quyon, bolalasa 10 boshga yetishi mumkin. Yaxshi parvarish qilinsa, urg’ochisi 5 va undan ortiq kilogrammgacha, erkagi 8 kilogrammdan ortiq tosh bosadi. 1 kilogramm quyon go’shti 30-40 ming atrofida. Ko’rinib turibdiki 50 bosh yetilgan erkagi 400 kilogramm go’sht qilsa, bu o’rtacha 11-12 million so’m, degani. Ochig’i hozircha foyda haqida gapirishiga erta. Ammo uning rejalari ko’p.

Gulmira shaharda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy etish, xususan, "Yoshlar daftari"ga kiritilganlarning bandligini ta'minlashda olib borilayotgan islohotlarga ko’ra tashkil etilgan "Mono markaz"da ikki hafta mobaynida tadbirkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha turli soha mutaxassislaridan saboq oldi.


Gulmiraning so’zlariga qaraganda endi u olgan bilimlarining barchasini amaliyotga tatbiq etishi qoldi, xolos. Shahar hokimligiga faoliyatini kengaytirish uchun yer so’rab qilgan murojaati ijobiy yechim topib, uning arizasiga ko’ra yer ajratiladigan bo’ldi, yerga ekin ekib quyonlarga ozuqa yetishtirishni yo’lga qo’ymoqchi. Keyinchalik alohida fermer xo’jaligini tashkil etish uning maqsadlaridan biri.

"Endilikda ularning terisini oshlash, qayta ishlashni o’zlashtirayapman. Quyonlarni yangicha, ilg’or texnologiyaga asoslangan sharoitda boqishni yo’lga qo’yish niyatidaman. Bu borada o’ylab qo’ygan rejam, loyiham bor. Yangi quyon boqiladigan joyim YEvropa standartlariga mos bo’ladi. Shuningdek, 5 nafardan ziyod tengdoshlarim chun ishchi o’rni yaratmoqchiman".

Shijoat va g’ayrati to’lib-toshgan havaskor fermer qizning yana bir ezgu orzusi bor:

"Faoliyatini kengaytirgach, viloyatimizdagi "Muruvvat" va "Saxovat" uyida istiqomat qiluvchilarni muntazam yengil xazm bo’luvchi quyon go’shti bilan eng arzon narxlarda ta'minlab turmoqchi".

Muattar MAHMUDOVA.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram