Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IPOTEKA KREDITLARI ORQALI AHOLINI UY-JOY BILAN TA'MINLASH BO’YICHA FARG’ONA SHAHRIDA KATTA ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
2021-05-10 16:31:56 825
O’zbekiston Respublikasi Prezidentimining 2021 yil 11 martdagi Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoniga asosan aholini uy-joy bilan ta'minlashni yangi tartibi joriy etilganligi fuqarolarga katta imkoniyatlar yaratib berdi.
Prezidentimining farmonga muvofiq joriy yilda Farg’ona shahrida 6 ta 9 qavatli jami 334 ta xonadonli uy-joylar qurilishi belgilangan.
Shu bilan birga, xususiy sektor tomonidan 5, 6, 7, 9, 12 va 16 qavatli jami 34 ta 1168 ta xonadonli uy-joylar 2021 yil davomida qurib bitkazilib foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, ko’p kvartirali uy-joylar qurilishiga yaxlit massiv shaklidagi yer uchastkalari tanlanmoqda. Misol uchun, Mustaqillik shaharchasi massivda 6,0 gektar yer maydonining Bosh rejasi Turkiyalik loyihachilar tomonidan ishlab chiqildi. Bunda, jami 16 ta shundan, 1 ta 25 qavatli, 3 ta 18 qavatli, 8 ta 16 qavatli, 2 ta 14 qavatli, 2 ta 12 qavatli turar joy binolari va 1 ta Maktabgacha ta'lim muassasasi va 6 qavatli Mahalla binosi hamda 1 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi bino inshootlari qurilishi rejalashtirilib, shundan 2 ta 16 qavatli uylar foydalanishga topshirildi.