Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR XALQ TA'LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 19-O’RTA TA'LIM MAKTABINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA AYLANTIRILDI
2021-05-07 16:20:58 859
Axborot texnologiyalarining o’qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo’lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Farg’ona shahar xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 19-o’rta ta'lim maktabini Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi. Ushbu maktabni joriy ta'mirlash uchun 220 mln. co’m mablag’ sarflandi. Ya'ni fasad qismi, yo’laklar va sinf xonalari hamda hojatxona ta'mirlandi.
“O’zbekiston pochtasi” AJ, “ALOQALOYIHA” DUK homiy tashkilotlar tomonidan Farg’ona shahar xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 19-sonli maktabga 1 ta kompyuter xonasi uchun jami 16 ta kompyuter, 32 ta stol-stul, 2 ta o’qituvchi stoli va stuli, 1 ta stabilizator, 2 ta elektron doska, 1 ta printer, 1 ta konditsioner, 4 ta shkaflar bilan ta'mirlandi.
Byudjetdan ajratilgan, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan ya'ni “ALOQALOYIHA” DUK tomonidan 8 komplekt o’quvchilar uchun stol-stullar jamlanmasi, internet uchun 1 dona Wi-Fi router, 1 dona konditsioner, 1 komplekt intellektual doska, 1 dona kamera, 1 rulon UTP kabel, 1 dona UPS, 8 dona tarmoq filtri, 1 dona Switch TP-Link, 25 dona reklama mahsulotlari, o’quvchilar uchun 15 komplekt, o’qituvchi uchun 1 komplekt kompyuter jihozlari olib kelindi, hamda “Interactive kiosk” uchun 40 mln.so’m ajratilib, hozirgi kunda 2 ta “Interactive kiosk” maktab Foyesiga o’rnatildi.