Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMIYATINING IJTIMOIY TARMOQLARDA CHIQQAN “FARG’ONADA O’Z NAFSINI O’YLAGAN TADBIRKOR QABRLARNI NEGA BUZMOQDA” NOMI MAQOLAGA MUNOSABATI
2021-05-05 22:34:39 787
Videomaterialda Farg’ona shahar “Surxtepa” MFY hududidagi Surxtepa ko’chasida joylashgan qabristonni fuqaro M.Mirzayev tomonidan o’zboshimchalik bilan buzib, mavjud qabrlarga zarar yetkazganligi aytilgan.
Mazkur masala mutaxassislari tomonidan mavjud arxiv xujjatlarga asosan o’rganildi.
Farg’ona shahar “Surxtepa” MFY hududidagi Surxtepa ko’chasida joylashgan Surxtepa qabristoni bino inshootlariga 2013 yil Farg’ona shahar obodonlashtirish boshqarmasi nomiga №4132-sonli kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib, chegaralari belgilangan. Ushbu kadastr xujjatiga asosan qabristonning umumiy yer maydoni 24335.0 kv.metrdan iborat.
Qabristonning sharq tomonidagi Marg’ilon va G’arbiy Farg’ona kanali tutashgan joyining muhofaza hududidan tashqari yer maydoni Farg’ona shahar hokimining 2015 yil 09 sentyabr kungi 939-sonli qaroriga asosan fuqaro Mirzayev Muxammadamin Maripjonovichga keksalarga hordiq chiqarish uchun dam olish maseani qurish uchun 2000,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan, ajratilgan yer maydoniga fuqaro M.Mirzayev tomonidan bajarilgan qurilish ishlariga Farg’ona shahar hokimining 2017 yil 09 yanvar kungi 20-sonli qaroriga asosan egalik huquqi tiklanib, 5241-sonli kadastr xujjatlari rasmiylashtirilgan.
Ushbu yer maydoni joyiga chiqib ko’rilganda qabriston bilan keksalarga hordiq chiqarish uchun dam olish maseani chegarasida ariq mavjudligi, qabriston hududi tepalikda joylashganligi sababli, qabriston chegarasi to’siq devor bilan o’ralmaganligi, chegaradagi ariq qirg’og’iga fuqaro M.Mirzayev tomonidan terak daraxtlari ekilganligi va chegaradan tashqariga mukammal qurilish ishlari bajarilmaganligi ma'lum bo’ldi.