Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA XUSUSIY SEKTOR YANADA RIVOJLANMOQDA

×

 2021-05-03 17:06:41    712

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2017 yil 1 aprel kunidagi, PQ-2863-sonli Qarorida Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko’maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko’rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish ta'kidlangan edilar.

Hozirgi kunda shahar hududida 128 ta nodavlat (xususiy) tibbiy muassasalar foaliyat ko’rsatmoqda. Ushbu muassasalarda jami 654ta ish o’rin joylari yaratilgan. Ambulator-poliklinika yordamini ko’rsatuvchi muassasalarning soni 94 ta bo’lib mazkur maskanlarda 196 nafar vrachlar, 193 nafar o’rta tibbiyot xodimlari jami 453 nafar xodimlar aholiga malakali tibbiy xizmat ko’rsatmoqdalar. Shaharda xususiy 34 ta statsionar muassasalari bemorlarga yuqori malakali ihtisoslashgan tibbiy xizmatlarni yo’lga qo’ygan bo’lib, mazkur shifoxonalarda bemorlar uchun jami 810 ta o’rin joylar mavjud. Shifoxonalarda 206 nafar shifokorlar va 226 nafar o’rta tibbiyot xodimlari mehnat qilmoqdalar. 

Bundan tashqari joriy 2021 yil davomida shahar aholisiga yuqori malakali, zamonaviy va yuqori texnologiyalarga ega bo’lgan tibbiy xizmat ko’rsatish maqsadida “Onkologiya tashhis va davolash tibbiyot markazi” ni qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu markazda qo’shimcha tarzda  endokrinologiya, kardiologiya, neyroxirurgiya va kardioxirurgiya yo’nalishi bo’yicha ham yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatiladi.


Kelajakda markaz qoshida transplantologiya yo’nalishi ham rivojlantiriladi. Qayd etilgan ishlar uchun jami: 24 mln AQSh dollari investitsiya qilinishi kutilmoqda. Bundan 4 mln $ qurilish, 12 mln $ kredit, 8 mln $ investitsiya va shaxsiy mablag’lar. Markazda 150 ishchi o’rin yaratilishi kutilmoqda. Yiliga 450-550 gacha murrakab operatsiyalar amalga oshirilishi imkoniyatiga ega bo’ladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram