Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONA SHAHAR HOKIMI SHTAB YIG’ILISHINI O’TKAZDI
2021-05-03 15:56:07 793
O’zbekistonda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo’yicha «Yoshlar daftari» hamda ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo’yicha alohida «Ayollar daftari» ro’yxatlari tuzilmoqda.
Ro’yxatga olinganlar bilan esa talab yuqori bo’lgan kasblar va tadbirkorlikka o’qitish, shu asosda biznesini yo’lga qo’yishda moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi orqali ishlanmoqda.
Bu boradagi ishlarni o’z vaqtida va sifatli yakunlash maqsadida Farg’ona shahar hokimi, 1-sektor rahbari M. Ubaydullayev MFY raislari ishtirokida shaharda «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bo’yicha olib borilayotgan ishlar tahlili hamda kelgusidagi vazifalar bo’yicha shtab yig’ilishini o’tkazdi.
Yig’ilish davomida shaharda yoshlar va ayollar bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta'minlangan, boquvchisini yoqotgan nogironligi bor oilalarga yordam ko’rsatish yuzasidan tashkil etilgan ishlar atroflicha ko’rib chiqildi. Bu borada rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.